ASEEES News

Tuesday, June 16, 2020

[Uzbek Trans.] ASEEES Statement Condemning Systemic Racism and Police Brutality

Published June 16, 2020

Original statement in English

Slavyan, Sharqiy Evropa va Evrosiyo mintaqalarini o’rganish jamiyati (ASEEES)ning irqchilik va politsiya zo’ravonligini qoralovchi bayonoti

Slavyan, Sharqiy Evropa va Evrosiyo mintaqalarini o’rganish jamiyati (ASEEES)ning boshqaruv hay’ati va bag’rikenglikni targ’ib qilish qo’mitasi quyidagi bayonotni e’lon qiladi:

Slavyan, Sharqiy Evropa va Evrosiyo mintaqalarini o’rganish jamiyati (ASEEES) George Floyd, Ahmaud Arbery, Breonna Taylor, Eric Garner, Michael Brown, Darnesha Harris, Tamir Rice va boshqalarning shafqatsizlarcha o’ldirilishini qattiq qoralaydi. Biz bo’layotgan namoyishlarning mahalliy politsiya tarafidan zo’ravonlik va tahdidga uchrayotgani, hamda AQSh ma’muriyati amalga oshirayotgan provokatsion harakatlarni qoralaymiz. Biz politsiya tarafidan turli xil irq vakillariga qaratilgan tizimli zo’ravonlikka qarshi umumiy harakat tarafdorimiz. Shunigdek, biz qora tanli va boshqa kamsonli jamoalar bilan birdamlikni qo’llab quvvatlaymiz. Biz AQShda qora tanlilarga qarshi qaratilgan g’ayri insoniylik qullik davri tariximizdan qolgan me’ros va irqchilikning dahshatli oqibati ekanligini ta’kidlaymiz.

Avtoritar rejimlar harbiy va maxfiy politsiya yordamida insonlarning erkin fikr bildirish huquqlarini poymol etishi va oddiy xalqqa zo’ravonlik qilishlarini biz, Markaziy va Sharqiy Evropa, hamda Evrosiyo tarixi va jamiyatlarini o’rganuvchi olimlar va talabalar juda yaxshi bilamiz. Shuning bilan birga, biz ba’zi bir jasur insonlar va jamoalarning mana shunday rejimlarga qarshi kurashlarini, va ba’zi holatlarda inqilobni yuzaga kelturuvchi hatti-harakatlarni ham o’rganamiz. Eng muhimi, namoyishchilarga nisbatan zo’ravonlik qo’llash mumkin deb targ’ib qiladigan va norozilik namoyishilarini to’xtatish uchun kuch ishlatadigan avtoritar hukmdorlardan biz yaxshi xabardormiz. Bunday yondashuvga demokratiyada hech qachon yo’l qo’yilmasligi kerak.

Demokratiyamiz inqirozga uchrar ekan, hozirgi vaziyatni nazarda tutgan holda, bag’rikenglikni targ’ib qilish va sohamizdagi turli tanli tadqiqotchilarga, ularning etnuk mutahassis bo’lib etishishlari uchun kerakli barcha shart-sharoitlarni yaratib berish har qachongidan ham muhimroq deb hisoblaymiz.  Aynan shu vaqtda biz tashkilotimizning tarixiga nazar tashlashimiz, tizimli tengsizliklarni bartaraf etishimiz, yanada bag’rikengroq bo’lishimiz, hamda irqiy yoki iqtisodiy ahvoli tufayli jamiyatimizda kamsitilgan hamkasblarimizni himoya qilishimiz kerak.

Demokratiya tamoyillariga asoslangan davlat hisoblanmish AQShda joylashgan tashkilot bo’lganligimiz sababli, biz adolatni himoya qilishga mas’ulmiz va ma’naviy javobgarmiz. Biz, tadqiqotchi va murabbiylar, jamoatchilik bilan munozara qilish va muloqotga kirishishga harakat qilamiz. A’zolarimizni sinf xonalarida va jamoat forumlarida irq va irqiy adolat masalalariga oid munozaralarda o’z tajribalaridan keng foydalanishga chaqiramiz. Ilmiy va ijodiy ishlar irqchilik va irqiy zo’ravonlikka qarshi kurashda kuchli vosita bo’lishi mumkin va bugungi kunda biz ulardan aynan shu yo’lda foydalanishimiz kerak. Shuningdek, biz o’z tashkilotimizdan boshlab o’zimiz yashaydigan, ta’lim oladigan, ta’lim beradigan, va xizmat qiladigan joylarda xavf-xatarsiz adolatli hamjamiyat yaratish borasidagi sa’y-harakatlarimizni ikki baravar oshirishimiz lozim.

More ASEEES News

ASEEES News